Garri Potter haqidagi yangi kitob “Romeo va Juletta”ni ortda qoldirdi
Buyuk Britaniyada sotilishi bo‘yicha Joan Roulingning “Garri Potter va la’nati bolalar” pesasi Shekspirning “Romeo va Juletta” pesasidan uzib ketdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Sotuv boshlanganining birinchi haftasida Potter haqidagi kitobdan 847,886 dona sotilgan. Shekspirning 1998 yilda nashrdan chiqarilgan “Romeo va Juletta” pesasi xuddi shuncha davr ichida 127,726 nusxada sotilgan edi.
Ma’lum qilinishicha, omadga qaramay Roulingning Potter haqida yozgan oldingi kitoblari yangisidan ko‘ra tezroq sotilib ketgan, deb yozmoqda nashr.