Garri Potterning uyi birinchi marta keng jamoatchilikka ko‘rsatiladi
Garri Potter haqidagi filmning birinchi qismidagi ayrim sahnalar suratga olingan uy tashriflar uchun ochiladi. The Independent nashrining bildirishicha, Londondan 30 kilometr narida joylashgan binoni 27-maydan 6-iyunga qadar ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Film syujetiga muvofiq, bu uyda Dursley oilasi istiqomat qiladi.
Uyda kinoning mashhur sahnalari tashrifchilar uchun maxsus ravishda qaytadan jonlantiriladi, xususan, mehmonlar yosh sehrgarning Xogvartsdan kelgan xatlar uyulib ketgan xonasini ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
Jamoatchilikka, shuningdek, Dursley oilasi kostyumlari hamda maxsus effektlar yaratishda qo‘llangan texnologiyalar namoyish etiladi.