BBC’ning The Gamechangers kompaniyasi tomonidan Grand Theft Auto’ning ishlab chiqarilishi haqidagi hujjatli film 15-sentabr kuni prokatga chiqadi. Bu haqda “Korrespondent.net” kompaniya matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Kompaniya, shuningdek, film treylerini nashr qildi.
Hujjatli film Sem Xauzer (GTA’ni yaratuvchilardan biri) va GTA’ni Amerika ko‘chalaridagi qotillik holatlarining ko‘payishiga olib keluvchi sabab qilib ko‘rsatgan huquqshunos Jek Tompson bilan qarama-qarshiliklari tarixini yoritadi. Film voqealari 2002-yildan boshlab bir necha yilni o‘z ichiga oladi.