Facebook foydalanuvchilarni yana yomon narsa haqida eslashga majbur etdi
Facebook foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoq tomonidan yaqinda ishga tushirilgan “Bu kunda” (On This Day) funksiyasi ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlar egalarini do‘stlarning o‘limi kabi yomon xotiralarni eslashiga majbur qildi, deb shikoyat qilmoqda. Bu haqda The Verge nashrida yozilgan.
27 mart kuni Shon Forbs ismli foydalanuvchi Facebook’ga kirganida ijtimoiy tarmoq unga uning vafot etgan do‘stiga ta’ziya izhor qilingan 2011 yil 27 martda o‘zi tomonidan yozilgan postini eslashini taklif qildi. O‘tmishdagi postda olamdan ko‘z yumgan do‘stning surati ham bo‘lgan.
«Men ijtimoiy tarmoq aynan shu suratni tanlaganidan karaxt holga tushib qoldim. Bu o‘tgan voqeani eslatadigan shunday ko‘zga yaqqol tashlanadigan narsaki, uni ko‘rib odam yana o‘tmishdagi xotiralar va tuyg‘ularni boshidan o‘tkazishga majbur bo‘ladi”, deb aytdi Forbs.
Forbs, shuningdek, “o‘tmishdagi hamma narsani titkilashning hojati yo‘q” deb tanqid bilan yozgan postini yozishi bilan yana bir foydalanuvchi ham shunday arz bildirganini qo‘shimcha qildi. Bu foydalanuvchiga do‘stining oxirgi posti haqidagi eslatma kelgan, do‘sti bu postni yozib, o‘z joniga qasd qilgan.
On This Day funksiyasi 25 mart kuni ba’zi davlatlarda bir necha kun mobaynida ishga tushirilgan. Bu funksiya foydalanuvchi o‘tgan yillarda muayyan bir sanada o‘zining sahifasida qanday postlar chop etganini eslashni taklif qiladi. Foydalanuvchi yopiq sahifada uni qiziqtirgani sanani o‘zi belgilab, bu sanada nimalar sodir bo‘lganini ko‘rishi, biroq funksiya eslash uchun sanani o‘zi avtomatik ravishda tanlashi ham mumkin. Ijtimoiy tarmoq bu sanada chop etilgan postlarni foydalanuvchining yangiliklar lentasiga joylashtirsa ham bo‘ladi.
Kompaniyada aytilishicha, On This Day algoritmi shunday tuzilganki, nojoiz tuyg‘ular bilan bog‘liq voqealarni eslatmasligi kerak. Misol uchun, funksiya foydalanuvchi biror odam bilan aloqada bo‘lib (profilda ko‘rsatilgani bo‘yicha), keyin u bilan aloqalarni uzgan deb belgilangan postlarni ko‘rsatmasligi kerak. Shuningdek, vafot etgan yaqinlarini eslatuvchi postlar ham chiqishi kerak emas. Biroq, algoritm mashina o‘qiy oladigan hamda vafot etganning sahifasi rasman shunday deb aytilgan post yozilgandagina natija bergan.
Avvalroq Facebook yomon xotiralarni eslatgani uchun tanqidga uchragan edi. Dekabr oyida ijtimoiy tarmoqning “Yil obzori” (Year in Review) funksiyasi Erik Mayer ismli foydalanuvchiga o‘tmishda bo‘lib o‘tgan yoqimsiz voqeani eslatishiga majbur qilgan. O‘shanda funksiya foydalanuvchining miya saratonidan vafot etgan 6 yoshli qizi suratini suratlar jamlanmasiga muqova sifatida qo‘yib, foydalanuvchini ranjitgani uchun ijtimoiy tarmoq vakili undan kechirim ham so‘ragan edi. Bunday hol takrorlanmasligi uchun Facebook ijtimoiy tarmog‘i On This Day funksiyasida ehtiyotkorlik choralarini kiritgan, biroq endi ma’lum bo‘lishicha, bu uncha ham foyda bermagan.