Evropa Ittifoqi Ukrainaga 600 mln yevro berishi mumkin
2015 yilning iyun va iyul oylari o‘rtasida Yevropa Ittifoqi Ukrainaga yana 600 mln yevro miqdorida moddiy yordam puli berishi mumkin. Bu moliyaviy yordamning uchinchi paketi bo‘ladi.
RIA Novosti agentligining Yevropa Ittifoqidagi nomi aytilmagan mansabdor shaxsga asoslangan holda ma’lum qilishicha, bu pullar Ukrainaga faqat o‘zaro tushunish to‘g‘risidagi memorandum o‘z vaqtida (may oyining o‘rtasi) imzolangan taqdirdagina taqdim etiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, uchinchi moliyaviy paketning umumiy miqdoir 1.6 mlrd yevroga teng bo‘lib, u 3 qismga bo‘lingan. Uning birinchi qismini tashkil etuvchi 600 mln yevro miqdoridagi transh yoz oylarida taqdim etiladi.