Dilso‘z ijrosida qayta sayqallangan tarona - “O‘zbekiston”
Shou biznes olamida yosh bo‘lishiga qaramay o‘z mavqeiga ega bo‘lgan xonanda, Nihol mukofotining sovrindori Dilso‘z hamkasblaridan qolishmagan holda qizg‘in ijod qilmoqda.
Yangidan yangi g‘oyalar ustida ish olib bormoqda. Ayni damda bir qator taronalar ustida ishlayotgan xonanda bugun O‘zbegim taronasi radiosining premera loyihasi orqali o‘zining navbatdagi kompozisiyasini taqdim etdi. “O‘zbekiston” deb nomlangan bu musiqiy asar marhum xonanda Husniddin Holiqov tomonidan kuylangan va xit darajasiga ko‘tarilib, barchaning qalbidan chuqur joy egallagan edi. Dilso‘z ijrosidagi yangi talqini esa tinglovchilar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.
Muxlislar tomonidan iliq kutib olingan taronaning mualliflariga to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘zi Abdulla Oripovga tegishli, musiqasini esa Husniddin Holiqov bastalagan. Aranjirovkasi iste’dodli ijodkor Ahmad Hojimatov tomonidan amalga oshirilgan. Dilso‘zning ma’muri bergan ma’lumotlarga qaraganda, qo‘shiq aynan Husniddin Holiqovning xotiralarini yod etib kuylangan va mustaqilligimizning 24 yillik shodiyonasiga bag‘ishlangan.