Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Coca-Cola endi sharbat va yogurt ishlab chiqaradi

Coca-Cola sharbat ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalarning ulushlarini sotib olishda davom etmoqda.
Dunyoning eng talabgir ichimliklaridan birini ishlab chiqaruvchi Coca-Cola kompaniyasi Nigeriyaning ChI kompaniyasiga tegishli, yogurt va sharbat ishlab chiqaruvchi korxonasining 40 foizli aksiyalarini 240 million AQSh dollariga sotib oldi, deya xabar beradi“Rns.online” nashri.

“Endilikda Coca-Cola gazsiz brend ichimliklarini ChI orqali ham yo‘lga qo‘yadi. Iste’molchilar uchun bu olamshumul yangilik bo‘ladi. Biz bilan hamkorlik qilish uchun ko‘plab kompaniyalar murojaat qilishgan va biz ular ichida eng yirigi bilan shartnoma tuzishga qaror qildik”, – deydi ChI rahbari Kornelis Vink.

ChI kompaniyasi meva sharbatlari, nektarli ichimliklar va yogurt ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga Beefie Beef Rolls va Muff the Muffin mahsulotlari ham aynan shu kompaniya tomonidan dunyo bozoriga chiqariladi. 

E’tiborli jihati shundaki, so‘nggi yillarda Coca-Cola kompaniyasi dunyoning turli chekkalarida joylashgan sharbat, yogurt ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalarning ulushini sotib olish bilan mashg‘ul bo‘lmoqda. 2015 yilning avgust oyida u San-Diegodagi Suja Life sharbat ishlab chiqaruvchi kompaniyasining 30 foizli ulushini 90 million AQSh dollari evaziga sotib olgandi.
Umida Yakubova


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2592 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Coca-Cola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное