Chelsi” jamoasi futbolchilari mingan avtobus Parij shahridagi “Park de Prens” stadioni ichida yo‘l transport hodisasiga uchradi. Bu hodisa YeChL nimchoral finalining “PSJ” bilan o‘tadigan safar o‘yini arafasida sodir bo‘lgan. Bu haqda tvitterdagi Get French Football akkaunti xabar bermoqda.
Xabarda ma’lum qilinishicha, bu vaziyatda avtobus haydovchisi begona hududda aniq harakat qila olmagan va stadion devorlariga avtobusni urub olgan, natijada avtobusning bir nechta oynalari singan. Avtobus ichidagilardan hech kim jabrlanmagan.
Bu voqeani boshdan kechirgan londonliklar “PSJ” bilan o‘yinda kutilgan o‘yinni namoyish qila olishmadi va 1:1 hisobida durang bilan uyga qaytishdi.
Ma’lumot uchun, Joze Mourino boshqaruvidagi “Chelsi” jamoasi himoyaviy o‘yin uslubi tufayli futbol muxlislari va mutaxassislari orasida “avtobus” laqabini olgan.