Bugun Gollivud yulduzi Sara Jessika Parker 50 yoshni qarshi oldi
Amerikalik aktrisa, prodyuser Sara Jessika Parker bugun 50 yoshni qarshi oldi. U 1965 yilning 25 martida AQShning Ogoyo shtati, Nelsonvill shahrida dunyoga kelgan. Oilada 4 farzandning biri bo‘lmish Jessikaga bolaligidan katta e’tibor berishgan.
Garchi onasi uning haqiqviy otasi bilan ajrashib, 4 farzandli boshqa insonga turmushga chiqqan bo‘lsa-da, oiladagi har bir bolaga alohidae’tibor va mehr berilgan.
Yosh Jessikada aktrisalik iste’dodi borligini bilgan kattalar uni ana shu orzuni amalga oshirish uchun astoydil harakat qilishdi. Natijada 1976 yili Sara Jessika “Aybsizlar” filmida ilk rolini ijro etdi.
Oradan bir oz muddat o‘tib esa u “Qo‘shiq ohanglari” myuziklida ham ishtirok etdi. Haqiqiy omad esa Sara Jessika Parkerga 1990 yili “Oxirgi choralar” filmi va yana ko‘plab boshqa kartinalardan so‘ng keldi.
Sara Jessika Parker har qanday rolni mahorat bilan ijro eta oladi. U ijobiy qahramonlar bilan birga salbiy qahramonlarni ham, xattoki hayvonlarning, xususan itning rolini ham ijro etgan.
1997 yilning 19 mayida u aktyor Metyu Broderikka turmushga chiqqan.
2002 yilning 28 oktyabrida ularning ilk farzandlari-o‘g‘illari Jeyms Uilki Broderik, 2009 yilning 23 iyunida esa egizak farzandlari Merion Loretta Elvel Broderik va Tabita Xoudj Broderiklar dunyoga keldi. Egizaklarni surragat ona dunyoga keltirgan.
2009 yilning noyabrida Sara Jessika Parker AQSh prezidentlarining madaniyat, san’at va gumanizm bo‘yicha maslahatchilari guruhiga kirgan. Ushbu guruhda 25 kishi, xususan AQSh prezidenti Barak Obamaning rafiqasi Mishel Obama ham bor.
Aktrisa 2000, 2002, 2004 yillarda “Oltin globus”, 2001, 2004 yillarda esa “Emmi” mukofotlarini qo‘lga kiritgan.