Jorj Kluni va Amal Alamuddin: to‘ygacha 1 kun qoldi
Gollivudning eng mashxur aktyorlaridan biri bo‘lmish Jorj Kluni va advokat Amal Alamuddin yaqin kunlarda turmush qurmoqchi ekanliklari haqidagi yangilik internet nashrlari orqali doimiy ravishda ta’kidlab kelinmoqda.
Tahminlarga ko‘ra, ularning to‘y marosimlari ertaga, 27 sentyabr kuni Italiyaning Ca' Farsetti Palace saroyidagi Aman Canal Grand Venice Hotel mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi, deya xabar beradi ru.hellomagazine.com nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘y marosimiga 60 nafar mehmonni taklif qilishgan. Ular ichida Sandra Balok, Bred Pitt va Anjelina Joli va boshqalar bor.
Eslatib o‘tamiz, aktyor Jroj Kluni va Londonlik advokat Amal Alamuddin Malibudagi restoranlarning birida tanishishgan.