O‘zbek kino olamiga tasodifan kelib qolgan aktrisa Sitora Farmonova bugun qizg‘in ijodiy faoliyatini davom etirib kelayotgan aktrisalardan biri...
Uning ilk roli, Said Muxtorov suratga olgan klipda bo‘lgan. «To‘da», «Ayol zoti», «Sarvinoz», «Xavfli burilish» film va seriallaridan so‘ng u xorijiy rejissyorlarning kartinalarida ham ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘lgan va u film, Kann xaqaro kinofestevalida namoyish etilgandi. Aynan shu voqeadan so‘ng Gollivud aktyori Jim Kerrining prodyusseridan kattaroq kinoloyihaga taklif tushgandi.
Bu haqida aktrisaning o‘zi shunday deydi: “To‘g‘ri, Gollivudning mashhur prodyusseri meni xorijiy kartinada rol o‘ynashim uchun chaqirdi. Ammo o‘sha zahoti taklifni rad etganman. Chunki men gavdalantirishim kerak bo‘lgan qahramon qizning yashash tarzi o‘zbek mintalitetiga to‘g‘ri kelmasdi. Film voqealarida, hatto behayyo harakatlarni bajarish kerak ekan. Menga bu to‘g‘ri kelmaydi”.
Sitora Farmonova katta pul miqtori va mashhurlikdan voz kechib, ijodini O‘zbekistonda davom ettirishga qaror qilgani esa quvonarli hol. Uning o‘zi ham bundan afsusda emas.