Britaniyalik Qiz Sevgilisini Facebook`dan Rashk qilib, Pichoqlab o‘ldirdi
Lankaster shahrida yashovchi Terri-Mari Palmer ismli qiz sevgan yigitini pichoqlab o‘ldirgani uchun bir umrlik qamoq jazosiga hukm etildi. Polisiyaning axborot berishicha, yigit Facebook ijtimoiy tarmog‘idan bosh ko‘tarmaganligi uchun sevgan qizi tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan, deya xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Bu voqea 2015 yilning yozida sodir etilgan edi. Qotillik sodir etilgunga qadar, 23 yoshli Palmer dugonasiga sevgilisi unga e’tibor bermay qo‘ygani, bo‘sh vaqtida faqat Facebook ijtimoiy tarmog‘idan bosh ko‘tarmasligi, topgan-tutganini mobil internet uchun sarflagani haqida shikoyat qilgan.