Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Klon-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Jumong-soundtreck
. Qaqnus - Mal De music
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Bolalaringizni bezbetlikka o‘rgatmang!
Kecha "Istiqlol" san’at saroyida ajoyib konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Aslida bu musiqiy kechaga biz ishxonaning siylayi rahmi bilan tushdik. O‘z irodasi va matonati evaziga hayot zavqini surishga intilayotgan imkoniyati cheklangan kishilarning Xalqaro kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda muhtasham saroy odam bilan liq to‘ldi. Ochig‘i, bu zalni to‘ldirish juda qiyin bo‘lsa kerak deb o‘ylardim. Yo‘q, to‘ldi.
Gap unda emas, meni boshqa holatlar o‘ylantirdi. Dilnoza Kubayeva bilan Samandar Hamroqulov birgalikda raislik qilgan tadbirda el bilgan xonandalar birma-bir chiqib, o‘z qo‘shiqlarini fonogramma orqali ijro etgach, o‘ziga xos lotoreyada ham qatnashdi. Ya’ni, sahnaga o‘rnatilgan lototron orqali omadli chipta sohibi topilib, unga koptok berildi. Keyingi paytlarda sabrsiz va toqatsiz odamlarni zalda 2 soat ushlab turish uchun mana shunday “ish”larga ko‘pchilik xonandalar yakkaxon konsertida ham tez-tez murojaat etayapti. Juda ahmoqona usul-ku... Nima deysiz endi? Yo san’ating bo‘lsin, yo to‘la sandig‘ing, deganlaridek...
Mayli, bu o‘z yo‘liga. Koptok bo‘lsa, yomonmas. O‘zim futbolga qiziqqanim uchun bu usul yoqdi. Qolaversa, gala-konsertda shunday qilinishi mumkin. Chunki bunday konsertlarga odatda turli xonandalarni tinglaydigan tomoshabinlar tushadi. Ular butun konsert davomida o‘zi sevgan xonandaning bor-yo‘g‘i 2-3ta qo‘shig‘ini eshitishi mumkin, xolos. Keyin sahnadan chiqib ketishi kerak emas-ku. Lotoreyalar ana shunday muxlislarni ushlab turish vositasi. Masalan, men tinglaydigan birorta artist chiqmadi...
Gap unda ham emas. Asosiy gap — bolalarimiz tarbiyasi va berahmu befahm ota-onalarimizda!!!
Xullas, Alisher Fayz 3ta qo‘shiq aytgach, lotoreyani davom ettirishga u ham jalb etildi va xonanda tanlagan raqam egasi o‘rtaga kelib, sovg‘asini olayotganda uning ortidan bir bolakay ham ergashib sahnaga chiqdi. Tabiiyki, hamma uni shu yigitning o‘g‘li bo‘lsa kerak deb o‘yladi. Samandar ham shunday o‘ylab: "O‘g‘lingiz katta yigit bo‘lsin", degandi u hayron bo‘lib, "Bu mening bolam emas" desa bo‘ladimi, hamma kulib yubordi. Qarang, qaysidir ota yoki ona bolasini sahnaga chiqarib yuborgan: "Bor, ayt, anovi akang senga ham koptok beradi", degan. Artistlar endi butun xalq qarab turgan paytda o‘sha bolaga ham bitta koptokni "tekin"ga berib yubordi. Mayli, bu holat "edi". Lekin uning ketidan endi o‘nlab ota-onalar o‘z bolasini sahnaga chiqarishni boshladi-ku. Eh-hey.
Unday emas-da endi. O‘zbekchilikmi shu? “Mening bolam sening bolangdan kammi”, deymiz-da. Afsus, juda hunuk holat bu. Bolalarni bezbetlikka o‘rgatmoqda o‘z ota-onasi tarbiyalash o‘rniga. Biz bir paytlar to‘rtta odamning oldida ko‘rinishga uyalardik. Bugungi bog‘cha bolasi esa pildirab 4000ta juft nigoh qarab turgan sahnaga chiqib kelib, yana mashhur artistlardan koptok so‘rayapti. Eng dahshati, Samandar koptok qolmay, qo‘lidagi mashhurlar koptok egalariga dastxat qo‘yib berishi uchun ushlab turgani — flomasterini ham oxiri, sahnaga chiqvolib, baqrayib turgan bir qizchaga berib yubordi-ya. Qoyil!!! Ota-onasi shundan kayf qildimikin? Sahnaning qadri qayda qoldi, salobati qani?
Yana bir mulohaza. Umuman, jamoat tadbirlariga, xususan, konsertlarga bolalarni olib tushish qanchalik to‘g‘ri? Buni aytganimga sabab, shu kuni men o‘tirgan qatorning orqasida ikkita bolasini yoniga arang o‘tqazib olgan, kamiga qo‘ynida emizikli bolasini ushlagan onaga ko‘zim tushdi. Nima azob. Shartmidi shu ayolning konsertga tushishi? Ko‘pchilikning oldida ko‘kragini ochiiiib, bolasini emizib o‘tiribdi yana bechora. Emizishda ayb yo‘q, to‘g‘ri. Lekin hamma ishning o‘z o‘rni bor... Bolalar bu konsertdan qanday zavq oladi? Na atrofdagilarni, na ota-onasini tinchgina dam olishga qo‘yadi. Nazarimda, bolalar bilan konsertga tushish masalasini rasmiy doiralarda ham jiddiy ko‘rib chiqish kerak.
Ikkinchi masala esa yanada og‘riqli. Gulsanam Mamazoitova ikki juft qo‘shiq aytib, lotoreyani o‘tkazgach, tadbirning yakuniy qo‘shig‘i — "Oydan tushgan emas" degan vatanparvarlik ruhidagi qo‘shig‘ini aytishi e’lon qilindi. Shu payt 4000 odamning 3400tasi gurrrr etib o‘rnidan turib, sahnadan chiqa boshladi-ku. Ochig‘i, g‘azablandim. Vatan haqidagi qo‘shiqqa hurmat — bu Vatanning o‘ziga bo‘lgan hurmat emasmi? Yo‘q, tomoshabinlik madaniyati bizda hali ham ancha pastmi deyman, dedim o‘shanda o‘zimcha to‘lqinlanib!!! Sharmandagarchilik!!! - deb ham yubordimov. Axir hali hech kim "Shuning bilan konsertimiz tugadi" degani yo‘q-da. Bu tadbirning "zahmatkash" ijodkorlari, mehnatkashlari tanishtirilmadi ham. Xuddi kimdir ularni majburlab olib kirib o‘tirg‘izib qo‘ygandek, xuddi oldinroq harakat qilmasa shu zalda abadul abad qolib ketadigandek birdan guvv etib turib berish, sahnadan chiqib ketish — yaxshi emas. Bu — noinsoflik.
Shu tobda xayolimga bir yashinfikr keldi: nega keyingi paytlarda konsertlar shu tariqa — o‘ta befayz o‘tyapti? Odamlar oxirigacha o‘tirmayapti? Hamma savolimga qisman umumiy javobni topgandek bo‘ldim. Javob shuki, aybning kattasi fonogrammada ekan!!! Odamlarga bepisand bo‘lib, hurmatsizlik qilib, aldab, yolg‘ondan og‘iz qimirlatib, fonogrammaga qapishib olgan chala artistlarimiz endi tomoshabinni ayblamasinlar ekan. Dunyo qaytyapti ekan. Shu bois men ham shartta o‘rnimdan turdim-da, "fonogramma olami"dan chiqdim... 
Ko‘cha. Oh, tirband yo‘ldagi moshinlarning "jonli" sayrog‘i GAIlarning chur-churiga qorishib, bir simfoniya bo‘ldi o‘ziyammm... Ha, aytgancha, qo‘lida koptok ushlab borayotgan “shustriy” bolasining boshidan silayotgan "mehribon" ota-onalarni ham ko‘rdim...
Zohidjon OLOV


Manba:kun.uz
Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 5816 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Istiqlol san’at saroyi, bez bet, Bolalar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное