Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Klon-soundtreck
. Qirolicha - Soundterck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Bolalar nima uchun tunda uxlamaydi?

Ota-onalar kichkina farzandlarining tunda uxlamasligidan xavotirga tushishadi. Bolalarni tarbiyalash borasida uzilmas va “normal” tungi uyqu muhim masalaga aylangan.
Albatta, ba’zilarga bu borada omad kulib boqqan, ularning farzandi tuni bilan xuddi kattalardek uxlaydi, biroq ko‘pchilik ota-onalar uchun bunday vaziyat erishib bo‘lmas orzu hisoblanadi.
Balki shuning uchundir bolalarning uyqusizligi internet-forumlardagi eng mashhur mavzulardan sanaladi. Barcha kino va jurnal sanoati odamlarga yagona bir fikrni uqtiradi: agar farzanding tunda yaxshi uxlasa, siz yaxshi ota-onasiz.
Mazkur mish-mishlarga oydinlik kiritish vaqti keldi. Ushbu maqolada bolalar aslida tunda qanday uxlashlari kerakligi haqidagi faktlardan boxabar bo‘lasiz.
1. Bolalar nima uchun tunda uyg‘onishadi. Chunki tabiat tomonidan shunday yaratilgan.
Bristol universiteti professor-pediatri Piter Fleming bolalar tuni bo‘yi uxlashlari kerakligi to‘g‘risidagi fikr XX asrdagina paydo bo‘lganini aytib o‘tgan. Aslida deyarli barcha bolalar tunda uyg‘onishadi va bu normal holat hisoblanadi.
“Chaqaloqlarimiz tabiat tomonidan juda ko‘p uxlamaydigan qilib yaratilgan. Ularning juda ko‘p uxlashlari yaxshi emas. Yaxshi uxlaydigan chaqaloq, albatta, sog‘lom boladir degan isbotning o‘zi mavjud emas”, - deydi u.
Yana shuni ham aytadi: “Buni ko‘pchilik ota-onalar eshitishni istashmaydi”.
2. Aslida hech kim, hatto kattalar ham tunda uxlashmaydi
Notr-Dam universiteti psixologi Darsiya Narvaez sakkiz soatli uzilmas uyqu bu – mif deb aytadi. Insonlar tuni bo‘yi uyg‘onmay uxlayman, deb hisoblashadi, aslida esa unday emas.
“Odamlar kamdan-kam tuni bo‘yi uxlaydilar. Bosh miya shunday yaratilganki, biz bu haqida unutib yuboramiz. Insoniyat tarixiga nazar soling: nima uchun XX asrda elektr ixtiro qilinguniga qadar odamlar tez-tez tunda ishlaganlar? Insonlar tabiat tomonidan bir sutkada bir necha qisqa muddatlar davomida uxlaydigan qilib yaratilgan. Agar hali ham o‘rmonlarda yashayotgan bo‘lganimizda bunday uxlash biz uchun xavfsiz bo‘lar edi. Ovchi va yig‘uvchilar sivilizatsiya paydo bo‘lguniga qadar sutkada bir necha marta ikki soatdan uxlashgan” – deydi u.
3. Inson bolalari hayvonlarga qaraganda ota-onalari bilan ko‘proq aloqada bo‘lishlari kerak. Ular uchun eng muhim narsa onasini yonida his etishdir.
“Odamlar tug‘ilganidan so‘ng rivojlanish bo‘yicha boshqa sut emizuvchilardan 9-18 oyga ortda qoladi”, - deydi Narvaez. – Boshqa  jonzotlar allaqachon mustaqil ravishda ovqatlanish va yurishni boshlaydi, bizning bolalar esa deyarli harakatsiz homilaga o‘xshab ko‘rinadi. Siz farzandingiz tug‘ilishi bilan xotirjam bo‘lishini istaysiz, biroq uning bosh miyasi sizniki bilan solishtirganda bor-yo‘g‘i 25 foizga rivojlangan. U o‘z his-tuyg‘ularini boshqara olmaydi va doimiy ravishda g‘amxo‘rlik va e’tiborga ehtiyoj sezadi.
4. Tunda tez-tez uyg‘onadigan bolalar odatda aqliy jihatdan ancha yuqori darajada rivojlangan bo‘ladi va yaxshi psixik sog‘lomlik bilan ajralib turadi.
Fleming ko‘plab tadqiqotlar chaqaloqligida xotirjam bo‘lmaganlar katta bo‘lganida yuqori IQ bilan ajralib turishini tasdiqlaganini aytadi.
Narvaez bunga shunday qo‘shimcha qiladi: bola chaqaloqligida uyqudagi ota-onasidan qanchalik ko‘p e’tiborga ega bo‘lsa, katta bo‘lganida psixologik yetuk insonga aylanadi. U o‘zgalarni qo‘llab-quvvatlashga qodir bo‘lgan, ezgu ishlarni amalga oshiruvchi inson bo‘lishi bilan birgalikda, mas’uliyatli va tartib-intizomga amal qiluvchi bo‘ladi.
Bir tadqiqot natijasiga ko‘ra, boshqalarga qaraganda “yomon” uxlaganlar katta yoshga yetganida “xotirjam” uxlaganlarga nisbatan depressiyaga moyilroq bo‘lishar ekan.
5. Bolalardagi uyqu sikli kattalarnikiga qaraganda qisqa.
Katta insonlarning uyqu sikli odatda 90 daqiqaga teng. Siz dastlab “tezkor”, keyin esa “chuqur” uyquga ketasiz. Bir yarim soat o‘tgach esa yana “tezkor” uyquda bo‘lasiz. Bolalarda esa bunday emas, deydi Fleming. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bu sikl 60 daqiqani tashkil etadi. Shuning uchun bolalarning o‘rinda uyoqdan-buyoqqa ag‘darilib, keyin uyg‘onib ketishi normal holat hisoblanadi.
6. Ota-onalar bolasi past ovozda yig‘lagan taqdirda ham unga e’tibor qaratadi.
2011 yilda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, bola yig‘isiga o‘z vaqtida tezkorlik bilan e’tibor qaratish uning psixologiyasi va hatto jismoniy sog‘lig‘i uchun ham muhim ekanligi ta’kidlagan. Bolasini vaqtidan avval yig‘lamaslikka o‘rgatishni boshlagan ota-onalar bilishlari zarur: jazava (isterika) u uchun juda ulkan ruhiy siqilish hisoblanadi.
Narvaez buni quyidagicha izohlaydi: “Bolaga yig‘layotganda e’tibor qaratmasdan uni bekordan-bekorga yig‘lamaslikka o‘rgataman deb o‘ylaysiz. Ammo u yig‘laganda uning mitti tanasida kortizol nomli ruhiy siqilish gormoni darajasi ortib boradi. Uning tinchlanishi uchun unga tug‘ri reaksiya kerak: yonida onasini his qilish va yuzini ko‘rishi lozim”.
Agar ota-ona chaqaloq oldida darrov paydo bo‘lmasa, simpatik asab tizimi miyaga quyidagicha signal beradi: “Urush yoki qochib qol”.
Bu xavfsizlikka nisbatan chuqur birlamchi reaksiyadir. Miya esa uni shunday qabul qiladi: “Qattiqroq baqirish kerak. Agar yaxshi qichqirmasam, o‘laman”. Shuning uchun keyingi safar bola sababsiz yig‘laganda shuni bilingki, siz o‘lishingizni bilgandagi kabi o‘zini his qilmoqda.
Ba’zi bolalar shu darajada qattiq baqiradilarki, “ko‘karib ketadilar”. Bu tananing parasimpatik tizim buyrug‘iga reaksiyasi hisoblanadi: quvvatni tejash kerak, buning uchun esa tana haroratini pasaytirish lozim. Bu organizm o‘lmaslik uchun qo‘llaydigan eng oxirgi reaksiyadir.
7. Bolalar sizni yonidaligingizga ishonch hosil qilish uchun kunduz kuni uxlab, tunda uyg‘onishlari mumkin.
“Odatda bolalar kunduz kuni uxlab olishni yaxshi ko‘radilar, kechki soat oltidan yarim tungacha ota-ona diqqat-e’tiborida bo‘lib, uyg‘oq holda qolishdan rohatlanadilar”, - deydi Fleming.
Gap tabiat tomonidan amalga oshirilgan dasturlash haqida ketyapti. Bolalar bir vaqtning o‘zida ham ota, ham ona e’tiborida bo‘lganida biologik afzallikka ega bo‘ladi: boquvchilar ikkita bo‘lsa, yashab qolish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi. Bola mazkur grafikni ongli ravishda tanlaydi va bu juda to‘g‘ri. Rejim sizning kun tartibingizga mos kelmayotgani uni havotirga solmaydi.
8. Bolalar ota-onasidan alohida, ayniqsa, boshqa xonada uxlamasligi kerak.
Fleming insoniyatning evolyusion tarixiga nazar tashlashni taklif etadi. Ming yil muqaddam bolalar har doim ota-onalari bilan yaqin bo‘lishgan: g‘orda ular tanasi orasida uxlashgan, kunduz kuni esa onalari o‘zi bilan ko‘tarib yurgan.
“Men ko‘p vaqtimni chaqaloqlarni o‘zi bilan olib yurish qoida hisoblangan Afrikada o‘tkazdim. Ular har damda onasi bilan. Uxlash kerak bo‘lganda uxlaydi, uyg‘oq bo‘lishi kerak bo‘lganda uyg‘oq bo‘ladi. Onasinin ko‘kragidan keluvchi ozuqa ham doim yonida. Bu bolalarni katta qilishning eng to‘g‘ri va xavfsiz usulidir. Har doim bola bilan uyda o‘tirish shart emas ”.
Fleming  yana shuni qo‘shimcha qiladi: bolalarning kutilmagan o‘limi ko‘pincha chaqaloqlar ota-onasidan alohida,  boshqa xonada uxlaganida sodir bo‘lishini aytadi.
9. Butun dunyoda bolalar hayotining ilk yilida ota-onasi bilan birga uxlaydi. Bu mantiq jihatidan to‘g‘ri: ular ota-onasi bilan doimiy aloqada bo‘lishga muhtoj va uni olmaganlarida juda xafa bo‘ladilar.
Fleming bolasi bilan bir o‘rinda yotish dunyoda ko‘p uchrashi va Yevropa va Amerikaning ko‘plab aholisi bunday o‘ylamasligini aytadi.
“Chaqaloqning o‘z krovati bo‘lishi kerakligi haqidagi fikr normal emas”, - deydi u. Va yana shuni qo‘shimcha qiladi: “500 ming yil muqaddam odam bolalarining 90 foizi ota-onasini quchoqlagan holda uxlagan”.
Albatta, ishlaydigan ota-ona bolasiga kun davomidagi aloqani ta’minlab berolmaydi. Bu yerda hech qanday kelishuv bo‘lishi mumkin emas. Biroq uyda bo‘lgan paytda ko‘p e’tibor qaratish muhim ekanligini aytadi.
Aqlli, mustaqil va yuqori darajadagi tartibli bolalarni tarbiyalashning eng yaxshi usulidir. Siz uchun tushunib bo‘lmaydigan haqiqat bo‘lishi mumkin, biroq tuni bilan va kun davomida sizga yaqinligini his etib turish bola uchun tabiiy hol hisoblanadi.
Chaqaloqlar o‘z ehtiyojlari onasi tomonidan tezlik bilan qondirilishiga o‘rgangan bo‘lishadi. Ona tun davomida yonida bo‘lishi kerak. Bu ular uchun qilishiiz mumkin bo‘lgan eng kichik narsadir.
Fleming shunday xulosa qiladi: “Jamiyat biologiyaga qaraganda tezroq o‘zgarmoqda va rivojlanyapti. Ajdodlarimiz yarim million yil muqaddam qo‘llagan hayotning biologik modeli bolani tarbiyalash amaliyotida hozirgilariga qaraganda yaxshiroq yordam beradi. O‘z farzandingizga e’tibor qaratmaganingizda unga ma’nisiz og‘riq va aziyat yetkazayotganingizni unutmang”.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 9429 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: uxlamaydi, Bolalar, tunda, Nima uchun
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Muslima979797 Nma
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное