“Kommersant’” asoschisi bolalarni Rossiyadan olib ketishni tavsiya qildi
“Kommersant’” matbaa uyi asoschisi, birinchi bosh muharriri, sobiq bosh direktori va xo‘jayini Vladimir Yakovlev rossiyaliklarga farzandlarining kelajagini ta’minlash uchun mamlakatdan chiqib ketishni tavsiya qildi. Bu haqda u Facebook’dagi sahifasi yozuv qoldirdi.
Yakovlev ikkita ssenariyni taxmin sifatida keltirdi: yo hokimiyat almashadi, yoki og‘ir ijtimoiy inqiroz boshlanadi, u esa taqchillik va jinoyatchilikning avj olishini keltirib chiqaradi.
“Shuning uchun, hazilsiz, imkon bo‘lsa, keting, bolalaringizni olib keting. Bir umrga emas, 2-3 oyga, yarim yilga. Lekin keting. Bu davrda hech narsa bo‘lmasa, vaziyat o‘nglansa, adashganimdan faqat xursand bo‘laman”, – deb yozdi u o‘z sahifasida.