Bloomberg: Alisher Usmonovning mol-mulki 255 mln dollarga kamaydi
AQSh tomonidan yangi sanksiyalar joriy etilganidan so‘ng rossiyalik milliarderlarning moliyaviy yo‘qotishlari 15 milliard dollardan oshdi. Bu haqda Bloomberg indeksi ma’lumotlari dalolat bermoqda, deya xabar beradi Spot.
Hammadan ko‘p sanksiyalarga kiritilmagan “Norilskiy nikel” egasi Vladimir Potanin 2,25 milliard dollar yo‘qotdi.
“Qora ro‘yxat”ga kirmagan yana bir milliarder — Alisher Usmonovning mol-mulki 255 million dollarga kamaydi.
Rossiyaning eng badavlat 26 kishisi AQSh sanksiyalari joriy etilganidan so‘ng o‘tgan bir kun ichida 16 milliard dollardan oshiq mablag‘ yo‘qotdi.