Bloomberg: Rossiyada dollar kursi 90 rublga yetadi
Rossiya milliy valyutasi jahonning boshqa faol valyutalariga nisbatan tushishda davom etadi va axiyri sotuvlarda 1 dollar 90 rublni tashkil etadi. Buni Bloomberg agentligi tomonidan so‘rovdan o‘tkazilgan tahlilchilarning ko‘pi ta’kidlab o‘tdi.
Tahlilchilarning ko‘pchiligi bu Rossiya iqtisodiyotiga jiddiy zarba bo‘lmasligini, lekin inflyatsiyaga ta’sir qilishini aytmoqda.
Rossiya valyutaning keskin tushib ketishiga so‘rovnomada ishtirok etgan 20 mutaxassisdan 17 nafari ishonch bildirdi. Taxmin qilinishicha, keyingi yil rubl 20 foizga tushib, 1 dollar 90 rublga teng bo‘ladi.