Ma’lumki, O‘zbekistonda biometrik pasportlash tizimiga 2015 yilning oxiriga qadar o‘tish belgilangan. Ayni kunlarda bu muxlat yakuniga yetishiga 3 oydan biroz ko‘proq vaqt qolmoqda. Fursatning qisqarib borayotgani aholini xavotirga solib, turli savollarga sabab bo‘lmoqda.
Jumladan, o‘z vaqtida pasport almashtirishga ariza topshirib ulgurmaganlar jarimaga tortilishi ko‘plab savollarga sabab bo‘lmoqda.
“Fuqarolar pasportlarining amal qilish muddati tugashidan avval doimiy ro‘yxat manzillari bo‘yicha ichki ishlar idorasiga murojaat etadilar va yangi pasport olish uchun tegishli hujjatlarni topshirib, navbatga turadilar, - dedi IIV xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi mutaxassisi. – Hujjat topshirilgan kundan boshlab navbat kelgunga qadar amal qilish muddati tugagagn pasportlar uchun jarima undirilmaydi. Fuqarolarning e’tiborsizliklari natijasida amal qilish muddati tugagach, yangi pasport olish yuzasidan murojaat qilingan hollarda fuqarolardan tegishli jarima undiriladi”.