“Bilayn” hisobini chet eldan turib to‘ldirish imkoniyati yaratildi
"Bilayn”
"Chet elda
to‘lov” xizmati bo‘yicha pul mablag‘larini qabul qilish tarmog‘i kengaygani
haqida xabar beradi. QIWI to‘lov tizimi dunyoning istalgan nuqtasidan
to‘lovlarni qiwi.ru sayti yoki smartfon va planshetlardagi qulay
dastur orqali qabul qilish uchun kompaniyaning hamkorlik tarmog‘iga qo‘shildi.
"O‘z
balansini nazorat qilgan holda doimo aloqada bo‘lish va birorta ham muhim
qo‘ng‘iroqni o‘tkazib yubormaslik – kompaniya abonentlari uchun qulay xizmat, —
dedi "Bilayn”ning sotuvlar bo‘yicha direktori Maksim Yefremov. — QIWIning
shoxobcha va terminallarining soni yuz mingdan ortiq, ular orqali to‘lov esa
komissiyasiz amalga oshiriladi”.
Rossiya,
Qozog‘iston, Moldova, Ruminiya, Belorussiya, AQSh, Braziliya, Iordaniya
hududlarida mavjud bo’lgan QIWI to’lov tizimi orqali 54 mingdan ortiq
provayderlarning xizmatlarini to‘lash mumkin.
Hisobni
to‘ldirish uchun "Bilayn” abonentlari QIWI tizimida ro‘yxatdan o‘tishlari va
mavjud QIWI hamyonidan foydalanishlari zarur.