Shaxsiy hayot daxlsizligi himoyasi bo‘yicha Belgiya komissiyasi Facebook’ga qarshi da’vo qo‘zg‘adi, deya xabar bermoqda The Next Web portali. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar shaxsiy hayoti haqidagi mahalliy qonunlarni buzishda gumon qilinmoqda. Ish Bryussel sudida 18-iyunda ko‘rib chiqiladi.
Kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan va o‘tmagan foydalanuvchilar ma’lumotlarini ularning ruxsatisiz nazorat qilish va qayta ishlash orqali Belgiya va Yevropa qonunlarini buzishda ayblanmoqda. Xususan, ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchilar faolligini kuzatish boshqa saytlarga o‘rnatilgan “Menga yoqdi” (Like) va “Bo‘lishish” (Share) plaginlari orqali amalga oshiriladi.
Xabar berilishicha, ijtimoiy tarmoq ushbu qonunbuzarliklar haqida xabardor qilingan, biroq ayblovlarga qoniqtiruvchi javob bera olmagan.