Beeline xonadon uchun Internet paketlarni yoqishning turli usullarini taklif etadi
2015 yil 25 mart, Toshkent. Aloqa operatori Beeline simli keng polosali ulanish (FTTB va ADSL) abonentlari uchun internet-paketlarni yoqish shartlari yaxshilanganligi haqida xabar beradi. Paketlarni Beeline ofislarida, Shaxsiy kabinet orqali, shuningdek maxsus ajratilgan 0639 raqami (shahar telefonlaridan 140-02-22) orqali qo‘llab-quvvatlash xizmati operatori yordamida yoqtirish mumkin.
“Yangi internet-paketlar mijozlarda katta qiziqish uyg‘otdi, chunki ular yordamida tarif chegarasi oshgan paytda mablag‘ni tejab, bir narh evaziga ko‘proq megabaytlarni olish mumkin, – voqeani sharhladi Buzton QK bosh direktori Oraz Abdurazakov. – Abonentlarning so‘rovlariga binoan paketlarni yoqish uchun turli kanallarni taqdim etdik, chunki abonentlarimizga nafaqat ishonchli Internet taqdim etish, balki xizmatdan foydalanishda qulayliklar tug‘dirish biz uchun juda muhim”.
Bugungi kunda “Yangi tezlik” va “Tungi tezlik” tariflari uchun shaxsiy kabinetda 6ta yangi internet-paketlar tizimi mavjud: