Beeline Samarqandda iPad planshetlari sotuvini yo‘lga qo‘ydi
Beeline aloqa operatori Samarqanddagi ofislarida ham
iPad planshetlarini sotishni boshladi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati
xabar berdi.
"Beeline savdo tarmog‘i bilan strategik hamkorlik
O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab olishni va mamlakatning eng asosiy
shaharlarida iPad planshetlarining sotuvini yo‘lga qo‘yishni kafolatlaydi”, —
deb ta’kidladi BMTdagi Apple distribyuterining Markaziy Osiyoda biznesni
rivojlantirish menejeri Andrey Petrovskiy.
Eslatib o‘tamiz, 14-fevral kuni Beeline’ning Toshkentda
joylashgan markaziy ofisidagi taqdimotida iPad Air va Retina displeyli iPad
Mini planshetlarining sotuviga start berilgan edi.
Beeline
salonlarida Apple planshetlari quyidagi narxlarda sotilmoqda: