Beeline aloqa operatori 29-yanvar kuni Namangan va
Andijon shaharlarida yangi sotuv hamda xizmat ko‘rsatish ofislari ishga
tushirilganligini ma’lum qildi.
"Abonentlarga qulayliklar va eng yuqori sifatli xizmat
yaratish haqida o‘ylab, biz Beeline’ning xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini
kengaytiryapmiz, – deydi kompaniyaning sharqiy hududiy filiali direktori
Sanjarbek Iminov. – Ishonaman, namanganlik va andijonlik abonentlar yangi
ofislarning imkoniyatlarini yaxshi baholaydi”.
Namangan va Andijondagi ofislarning tantanali ochilish
marosimi 28-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Ofislarning ochilishida oltin raqamlar,
smartfonlar va boshqa qimmatli sovrinlar qo‘yilgan yutuqli o‘yin tashkil etildi.