Beeline bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash yarmarkasida qatnashadi
Beeline aloqa operatori 13-fevral kuni Jahon
iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilarini ishga joylashtirish
bo‘yicha yarmarkada ishtirok etadi.
"O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari istiqboli porloq yosh
mutaxassislarni tayyorlaydi. Biz Beeline xodimlari qatorida ularni ko‘rishdan
xursandmiz, — deydi kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqa va tashkiliy
rivojlanish bo‘yicha direktori Yuliya Brusova. — Biz JIDU bilan ko‘p
yillik hamkorlikni juda qadrlaymiz”.
JIDU bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha yarmarka
13-fevral kuni soat 10:00 da ochiladi. Tadbir dasturida ishtirokchi kompaniyalar
taqdimotlari, talabalar chiqishlari va ishga joylashish mavzusida ochiq suhbat
bo‘lib o‘tadi.