AQShdagi dahshat va xavotirli raqamlar: «Xo‘sh, ko‘chada nima qilib yuribsiz?»
Bloger Shahnoza Soatova koronavirusga chalinganlar soni ortishi sabab va karantin qoidalariga amal qilish yuzasidan o‘z fikrlarini bayon qildi. AQShning Detroyt shahrida o‘likxonalarda joy qolmagan, muzlatkichlar yetishmaganidan jasadlar palatalarda paketlarga solib shundoq qoldirilmoqda! Dunyo bunday fojiaga tayyor emas edi. Hatto AQShdek supersaltanat ham o‘zidagi vaziyatni eplolmayapti. Bugun biz 1000 kishilik chegaradan o‘tdik, dunyo esa 2 mln lik qora chiziqqa yaqinlashib qoldi. O‘zbekistonda bir sutkada koronavirus aniqlanganlar soni 115 taga oshdi. Bunaqa sakrash hozirgacha kuzatilmagan edi, ammo derazamdan pastga qarab bemalol sayr qilib yurgan odamlarni ko‘rib, bu hali salbiy statistikaning oxirgi chegarasi emas degan xulosaga kelyapman. Odamlar, tasavvur qilyapsizlarmi, bizda ham kasalxonalar o‘liklarga to‘lib ketishini, ko‘mib ulgurmasligimiz mumkinligini (astag‘furilloh). Alloh asrasin! Ammo asramaganni asrarmikan? Davlat unday qilsin, bunday qilsin deyapmiz. O‘zbekistonda barcha shifokorlarning umumiy soni — 75 mingga yetmaydi. PSR laboratoriyalar ham O‘zbekistonda 40 dan ortiqroq, u yerdagi PSR apparatlari esa eng ko‘pi bilan 200 ta bo‘lishi mumkin. Shunday sharoitda hozirgacha testdan o‘tgan 100 ming aholi va har kuni test sinovidan o‘tkazilayotgan 8-9 ming aholi davlat mablag‘lari hisobidan testdan o‘tkazilayapti. Ya’ni mavjud imkoniyat doirasida barcha choralar ko‘rilyapti, balki undan ham ko‘proq. Yuz minglab odamlar karantinga olingan, ularga sharoit qilib berilyapti. Xayriya va ijtimoiy himoya choralari ko‘rilyapti. Biz AQSh emasmiz, Xitoy ham emasmiz, lekin qilyapmiz. Mana qo‘shni Tojikistonda karantinga olingan 3 kishi o‘lsa ham, hali rasman koronavirus qayd etilmadi deb o‘tirishibdi. Bizda bir oydan beri himoya, qarshi kurash, axborot va shaffoflik kabi yo‘nalishlarda qilinayotgan ishlarni ko‘rib turibsiz. Lekin... Davlat sizdan o‘zingiz uchun so‘ragani – shunchaki uyda o‘tirish talabini bajarmayapsiz. Bizda kasalxona o‘rinlari va sun’iy nafas apparatlari haqidagi statistikani bilasiz. Shunday ekan, ko‘chada nima qilib yuribsiz?
Bizni axoli hali tushunib etmayapti! Bu kasallik bilan öynashish juda xavfli! Davlatimiz öz hisobidan davolayapti, bunga shukur qilish kerey! Prezidentimizni umrlari uzoq bölsin, olloxim yomon közlardan asrasin!
Bizqdagi odamla xaliyam xis qimaypti nmaga duch keganini erta indin xudo korsatmasinu tab etib yaqin insoni yoki qarindoshladan shunaqa virus aniqlansa keyin kòzi joyiga tushadi
To'g'ri. Qo'shilaman shu gapungizga. biznikilar hali tushunib yetmayapti. Bu vahima uchun emas. Davlatimiz shuncha jon kuydirayapti bu vahima uchun emas xalqqa yaxshi bo'lsin deb shunaqa qilayapti. Biznikilarchi haqiqatdan ham ko'chalarga bemalol sayr qilishni to'xtatgani yo'q. Davlat hammamizni qo'riqlab yura olmaydiku o'zimiz uchun o'zimiz sal masuliyatli bo'laylik.