Apple kompaniyasi yangilangan MacBook 12’ni taqdim etdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. U oltinchi avlod Intel Core M protsessori, yanada tezroq ishlaydigan tezkor xotira, shuningdek, yangi “pushti tillarang” tusidagi korpusga ega bo‘ldi.
Yangilangan MacBook 1,1 GGs yoki 1,3 GGs chastotali oltinchi avlod Intel Core M ikki yadroli protsessorlari bilan jihozlanadi. Noutbuk, shuningdek, 1866 MGs chastotali tezkor xotira va yanada tezroq ishlaydigan flesh-xotiraga ega bo‘ldi.
Yangi protsessor tufayli, kompaniya avtonom ishlash vaqtini uzaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Endi MacBook Wi-Fi bilan ishlaganda 10 soatgacha, iTunes orqali film ko‘rganda 11 soatgacha ishlab berishi mumkin.
MacBook Air 13’ga ham kichik yangilanma kiritildi: endi u faqat 8 gigabaytlik tezkor xotirali versiyada chiqariladi. MacBook Air 11 4 Gb tezkor xotirali versiyada sotilishda davom etadi.