Apple servislari faoliyatidagi nosozliklar haqida ma’lum qildi
Apple o‘zining bir necha servislari faoliyatidagi nosozliklar haqida ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Kompaniya saytida joylashtirilgan xabarda bildirilishicha, ayrim foydalanuvchilar App Store dasturlar do‘koni, Mail Drop pochta xizmati va iCloud’ning bir necha servislarini ishlata olmasligi mumkin.
Mazkur servislar faoliyatidagi muammolar sababi ma’lum qilinmagan.