Ahad Qayum uning she’rlaridan foydalanadigan xonanda Husan she’rning so‘zlarini buzib kuylaganlikda va buning oqibatida shoir doimiy ravishda barchadan tanqid eshitib yurganligidan arz qildi.
“Umuman san’atni yig‘ishtirsin ayrim xonanadalar. Shu Husan degan qo‘shiqchi yomon jonga tegdi. Shu paytgacha 10 dan ortiq she’rlarimni qo‘shiq qilib klip suratga oldirdi. Har safar ko‘rishganda, yaxshi gap bilan aytaman: “Iltimos, she’rlarimni o‘zgartirib qo‘shiq qilmang” deb. Baribir bilganidan qolmaydi. Yana uyalmasdan Ahad Qayumni she’ri deb maqtanib yuradi. Man yaxshi niyat bilan she’r yozib kitob chiqaraman. Yana shunaqa holat takrorlansa, sudga berishga majbur bo‘laman. Shunaqa xonandalarning dastidan muxlislarimiz va ustozlarimizdan har doyim tanqid eshitib yuraman.”