Afg‘onistonning Hindikush tog‘larida, Toshkent shahridan 550 kilometr uzoqlikda 27-yanvar, Toshkent vaqti bilan 4:20 da zilzila yuz berdi. “Toshkent” markaziy seysmostansiyasidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, epitsentrda zilzila magnitudasi 5 ga teng bo‘lgan.
Seysmostansiya ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi ushbu zilzila Toshkentda 2 ball bo‘lib sezilgan. O‘zbekistonning boshqa shaharlarida yerosti silkinishlari sezilgani to‘g‘risida axborot yo‘q.
Ma’lumot uchun, bungacha yanvar oyida Toshkent shahrida olti marta — 1-yanvar, 2-yanvar, 8-yanvar, 9-yanvar, 13-yanvar, 14-yanvar kunlari yerosti silkinishlari sezilgan edi.