Afg‘onistondagi zilzilada kamida ikki kishi halok bo‘ldi
Afg‘onistonda 10 aprelda yuz bergan 6,8 magnitudali zilzilada ikki nafar pokistonlik halok bo‘ldi, yana 10 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.
Zilzila markazi Afg‘onistonning Hindikush viloyatidagi Ashkasham shahridan janubga tomon 50 km uzoqlikda qayd qilingan. Zilzila o‘chog‘i 211 km chuqurlikda bo‘lgan. Afg‘onistonda qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Zilzila, shuningdek, Pokistonning Xaybar-Paxtunxva va Panjob viloyatlarida, Laxor, Islomobod, Peshovar, Svat, Chitral, Mardan, Ko‘xat, Kashmir shaharlarida sezildi.
Zilzila, shuningdek, Hindistonning shimolida, O‘zbekistonda ham sezildi. Zilzila 3 daqiqacha davom etgan.