4-may kungi navbatdagi FAXRLI INSON xayriya targ‘ibot loyixasida bir ayol bizga yuzlanib oilasida ro‘y bergan g‘alati bir voqea bilan bo‘lishdi:
-O‘g‘lim bor, 8-yosh va u "Kosem" serialini tomosha qiladi. Yaqindagina men va turmush o‘rtog‘im yotadigan yotoqxonani tozalayotganimda, oyoq tarafimizdagi matras tagidan kichkina pichoqcha chiqdi. Xayron bo‘ldim albatta, lekin tez unutilib ketdi. Mana kuni kecha yana qarasam endi kattaroq pichoq turibdi. Tabiiyki, o‘g‘lim bo‘yniga olmadi. Dadasi xam xayron va xammasida shu serialni bolaga ko‘rishiga ruxsat berganimda aybladi. Shartta "Kosem" serialini tomosha qilishni taqiqlab qo‘ydik.
Bilmasam, tarixdagi bu bo‘lganku deb xar narsani xozirgi kunda ko‘rsatish to‘g‘rimikan? Avvalgi tarixda bo‘lgan vaxshiyliklar bugungi kunga to‘g‘ri kelmaydiku. Serialda na ota-onani va na o‘z qondosh akalarini bilmay taxt uchun bemalol bir-birini o‘ldirib yuborishmoqdayu. Serialni zo‘r olishgan bunisiga gap yo‘q, judayam qiziq ammo mana bu taraflari xam bor ekan, qarang. Rosmana qo‘rqib ketdik. Xabaringiz bo‘lsa, "Jumong" serialidan keyin aka-uka bir-birini so‘yib qo‘ygani xaqida xabar tarqalgandi...
Ayolni voqeasi va fikrlarini eshita turib, jamiyatga seriallarning ta’siri xaqida keng omma bilan bo‘lishishni lozim toptik. Bugungi davrda xam atrofimizda judayam ko‘plab narsalar sodir bo‘lib ularni xam "bo‘layotgan voqealarku" degan maqomi baxonasi bilan aytish mumkin ammo uni efirga olib chiqib zo‘r montaj va zo‘r "podacha" bilan qiziq qilib bersak u ongga ta’sir ko‘rsatmasmikan?
O‘smirlar va bolalar psixikasiga efir xamisha ta’sirliroq kechadigan gipnozdek bo‘lgan. Afsuski xorijliklar bundan pul qilishni afzal bilib shunday nozik taraflarini o‘ylashmaydi va natijada ularning yoshlarini kriminal xabarlarda ko‘p uchratamiz. Maktablarga kirib kelib o‘q otishlar masalan...
Deylik, foxishabozlik xam asli bo‘lgan , bor va bo‘laveradigan illat ammo, u mavzuni shu targ‘iboti salbiy ketmasin deb BIZDA extiyotkorlik bilan qaraladi. Bor mavzulardan biri bo‘lgan yaqindagi Jasmin voqeasi olamon psixikasini rosmana larzaga keltirdi lekin uni internetdan farqli efirga olib chiqa olmaysiz, to‘g‘rimi? Vaxolanki o‘sha Dilshoood deb videosi tarqalganni xam voqeasi bo‘lgan va bor muammolardan. Biroq ularni xam "bu axir bor narsaku" deb efirda zo‘r montaj bilan serial qilib chiqarmasligimiz sababi tushunarlik.
Nima uchun unda qon qarindoshlarni bir birini bemalol manfaat yo‘lida qiron qilishini shu qadar qiziq qilib namoyish qilish mumkin degan savol tug‘iladi albatta...
Bo‘lgan voqea va bor narsalar deb xamma narsani gipnozda ishlatsa bo‘ladimi? Efir xuddi kitobdek ongga yozilishda eng qulay gipnoz quroli ekanini bilmasmidingiz? Tarix bu o‘z nomi bilan tarix! Uni bilganimiz yaxshi, undagi buyuk insonlar va buyuk ijobiy ishlarni uqish muxim, biroq salbiylari emas-da!
Shu salbiy taraflarini xam bilishimiz yetarli ammo uni zo‘r qilib ko‘rsatish natijasi nimaga keltiradi? Tarixiy shaxslarni biz xanuz bilmagan qancha salbiy va shaxsiy xayotiga doir o‘ta jirkanch taraflarini ayrim manbalardan xabardor bo‘lamiz va ishoning ularni xam film qilib chiqarsa unda tarixdagi ancha buncha buyuk sanalgan shaxslarning yaxshi amallari va o‘gitlari yoddan o‘chirilib ularga nisbatan nafrat uyg‘onadi.
O‘lib ketgan odam ketidan yomon gap aytilmaydi deyiladi ammo tarixiy shaxslarga esa bu qo‘llanilmaydigandek bo‘lib bormoqda. Biznes!
Umuman seriallar xaqida shaxsiy fikrim esa xanuz o‘shanday: Men seriallarga qarshiman! Tomoshabinni shundog‘am qisqa umrini bekorga televizor oldida ketkazadigan bekor narsa. Ayollarni uy yumushlaridan, bolalarni vazifalardan va umuman yoshdan qat’iy nazar xar bir insonni yaxshi amallardan chalg‘itguvchi mutlaqo kerakmas vaqt uvoli xolos! Shunchaki seriallarga qo‘yilgan reklamalar xisobiga kimlardir moliyaviy manfaatiga yetadi xolos.
Xo‘sh, manfaat sabab serial voqealaridagi xatto ota-onasiniyam o‘ldirayotganlar oldida reklama manfaatidan foyda ko‘radiganlar sizni farzandingiz psixikasini o‘ylarmidi? Axir bu xam bor narsalarku!
Xulosa o‘zingizdan!