6 yoshli bola qanday qahramonlik ko‘rsatganini bilasizmi?..
Amerikaning Vayoming shtatiga qarashli Shaenn shahrida yashovchi 6 yoshli Bridjer ismli bolakay singilchasiga qopog‘on it tashlanganini ko‘rdi-yu, bu manzaraga shunchaki qarab tura olmadi. U o‘zini singlisi tomon otdi va itga singlisi emas, o‘zi ko‘ndalang bo‘ldi. Oqibatda it Bridjerning yuz qismlarini tishlab, jiddiy jarohat yetkazdi. Lekin Bridjer bundan sira xafa emas. Aksincha, mamnun tortdi. Chunki uning suyukli singilchasi it hamlasidan saqlanib qoldi. Singlisiga jarohat yetmadi. Mana buni haqiqiy erkakcha jasurlik desa bo‘ladi. To‘g‘ri emasmi?