O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14 noyabrdagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarini o‘z vaqtida ta’minlash uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Bu haqda “Norma.uz” xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, avval xabar berganimizdek, 15 noyabrdan benzin va dizel yoqilg‘isining narxi oshganligi qayd etilgan:
Ai-80 benzini – 3800 so‘m;
Ai-90 benzini – 4300 so‘m;
Dizel yoqimg‘isi – 4200 so‘m;
EKO yonilg‘isi – 4100 so‘m.
15 noyabrdan avtobenzin sotib olish uchun ma’lum toifadagi kishilar uchun oylik kompensatsiya miqdori 63 400 so‘mni tashkil qiladi.
Har oylik kompensatsiya pulini olish huquqiga ega kishilar:
Urush qatnashchilari;
Urush nogironlari;
Kasbiy kasalliklar tufayli 1–2-guruh nogironlariga aylangan kishilar;
Bolalikdan 1- va 2-guruh nogironlari.
2018 yil 1 apreldan tabiiy gaz uchun tarif 1,1 marta oshiriladi. Elektr energiyasi tarifi uchun 1,12 barobar ko‘tariladi. Ya’ni tabiiy gaz tarifi 10 foizga, elektr energiyasining tarifi esa 12 foizga oshadi.
Eslatib o‘tamiz, tabiiy gaz uchun joriy tariflar shu yilning 15 iyulida 7 foizga oshirilgan edi. Hozirda xonadonda hisoblagich o‘rnatilgan holatda 10 kubometr gaz uchun to‘lov 2634 so‘mni tashkil qiladi.
Agar hisoblagich o‘rnatilmagan bo‘lsa, ovqat tayyorlash va suvni isitish uchun 4555,10 so‘m to‘lanadi. Shuningdek, isitish tizimi uchun to‘lov 2112,45 so‘mni tashkil qiladi.
15 iyuldan elektr energiyasi uchun to‘lov narxi ham oshirilgan edi. Hozirda 1 kilovatt elektr energiyasi bahosi 204,3 so‘mni tashkil qiladi. Shuningdek, elektr plita bilan jihozlangan uy sohiblari 1 kilovatt elektr energiyasi uchun 102,15 so‘m to‘laydilar.
Durdona Rasulova