Benzin, elektr va gaz narxi baribir oshadigan bo‘ldi
O‘zbekistonda avtobenzin, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari 2019 yil 15 avgustdan baribir oshadigan bo‘ldi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi bugun, 30 iyul kuni qaror imzolagan.
15 avgustdan boshlab 1 litr:
Ai-80 benzin — 4500 so‘m (hozir 4000 so‘m);
Dizel yonilg‘isi narxi – 5400 so‘m (hozir 4800 so‘m);
15 avgustdan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun ham narxlar oshadi. Garchi aynan kommunal to‘lovlar narxi haliveri oshirilmasligi bir necha bor aytilgan bo‘lsa-da, baribir yangi narxlar belgilangan.