“GAZ” O‘zbekistonda mashina terishni yo‘lga qo‘ymoqchi
Rossiyaning “GAZ” avtomobilsoz guruhi O‘zbekistonda yengil tijoriy avtomobillar va yo‘lovchi mikroavtobuslarining karkaslarini terishni tashkil etish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Sputnik agentligi kompaniyaning yaqinda Toshkentda bo‘lgan delegatsiyasi vakillariga tayangan holda ma’lumot bermoqda.
Aytilishicha, o‘tgan yili “GAZ” bunday texnikadan ming donasini yetkazib bergan. Ayni paytda kompaniya O‘zbekistonda shahar chetida aholi tashish, shuningdek, Toshkentdagi yo‘nalishli taksilarda odam tashish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda turibdi.
“2014 yilda biz turli ko‘rinishdagi ming dona texnikani yetkazib berdik. Ularning katta qismi yo‘lovchi transportidir.
Tumanlarda va kichik shaharlarda ularga bo‘lgan ehtiyoj juda baland, u yerda yo‘lovchi oqimi katta bo‘lmagani uchun kam odam ketadigan dinamika talab qilinadi”, - dedi kompaniya vakili.
“GAZ” mamlakatda ishlab chiqarish tashkil qilish yo‘li bilan bu yerdagi bozorda yanada mustahkamroq o‘rnashishni rejalashtirmoqda.