Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Yangi yilda amalga oshirishingiz kerak bo‘lgan 20 taklif


2017 yil yakunida sizda qanday kayfiyat hukm surdi, qanaqa yutuqlarni qo‘lga kiritdingiz, qanchalik boy va mazmunli o‘tkazdingiz — endi ularning bari xotira. Yangi yilning yangi kunlaridan yangi hayot boshlaymiz! Biz sizga reja tuzib berish fikridan yiroqmiz. Axir hammaning o‘ziga yarasha orzu-umidi, maqsadlari va yashash tarzi bor. Takliflarimiz esa hayotingiz rang-baranglashishi uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz!

Yorqin suratlar chizing! Rassomlikka uquvingiz yo‘q bo‘lsa, o‘rganing. Agar o‘zingizda bu qobiliyatni allaqachon kashf etgan bo‘lsangiz, dam olish kunlaridan birini bolakaylar bilan surat chizishga bag‘ishlang. Farzandlaringiz, jiyanlaringiz, ana boringki, mahalladagi o‘g‘il-qizlar — barini atrofingizga to‘plab, dunyoni yorqin ranglarga bo‘yang!Til o‘rganing. Imkonim, sharoitim, vaqtim yoki ehtiyojim yo‘q demang. Qo‘shimcha darslarga qatnasha olmasangiz, internet, lug‘at, xorijiy tillardagi qo‘shiqlarni tinglash, filmlarni tomosha qilish, xullas, imkoniyatlar ko‘p! Qunt qilsangiz bas!

52 ta kitob o‘qing! Har hafta bittadan biror badiiy asar yoki psixologik qo‘llanma mutolaa qilishga odatlansangiz, yil yakuniga borib, dunyoqarashingiz ancha boyiydi. Qolaevrsa, farzandlaringizda ham kitobxonlikka mehr uyg‘otasiz. O‘z navbatida, hayotiy muammolaringiz yechimini topasiz.

Yaxshilik qiling! Ko‘makka muhtoj kishilarga yordam qo‘lini cho‘zing. Savob bo‘ladi, topganingizga baraka kiradi, o‘zingizga bo‘lgan hurmatingiz oshadi.

Pulni yig‘ishni boshlang. Avval chiroyli bir idish yoki quticha yasang, so‘ng unga har kuni mayda pullaringiz, har oyda esa yirik pullardan solib boring. Shartmas birdan idish to‘lishi, kam-kamdan to‘planib, yil yakunida o‘z orzularingizdan birini amalga oshirishingiz uchun mablag‘ bo‘ladi.

Shajarangizni tuzing! Ota-bobolaringizning suratlari, ular haqida ma’lumotlarni to‘plab, shajarangizni yarating. Buni daraxt, albom, video rolik shaklida oila a’zolaringizga sovg‘a qilishingiz mumkin.

Haqiqiy maktub yozing. Internet, kompyuter orqali emas, o‘z qo‘llaringiz bilan! Istang, umr yo‘ldoshingizga, farzandingizga, onangiz yoki singlingizga, balkim uzoq paytdan buyon gaplashmagan do‘stingizga xat yozing.

Yulduzlarga intiling! Bahor-yoz oqshomlaridan birida yaqinlaringiz bilan osmonga tikilib, yulduz sanang. Osmon qanchalik yaqinligini anglash — sizga uzoq vaqt xushkayfiyat baxsh etadi.

Ko‘chat o‘tkazing. O‘zingiz yaxshi ko‘rgan mevalardan bog‘ yaratish uchun bu yildan kechiktirmay qadam tashlang. Ko‘p qavatli uyda yashaydiganlar esa gullar o‘stirishi mumkin.

Sayohatga chiqing. Yaqin-uzoqligi emas, dildan sayohat qilish muhim. Ko‘rmagan va ko‘rishni orzulaydigan joyingizga boring.

Yomg‘ir ostida sayr qiling. Soyabonsiz! Albatta, sharros quyib turganida emas, maydalab yog‘ayotganida.

O‘zgartirish yasang! Tashqi ko‘rinishingizda, ishingizda, uyingizda yangilik qiling. Ikkilanmang, o‘zgarishlar omad olib keladi!

Tarjimayi holingizni yozing. Rasmiyatchilik uchunmas, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshirish uchun! Uni hazilomuz tarzda bitishingiz ham mumkin.

Sport bilan shug‘ulaning. Albatta, biror sport turining boshini tuting. O‘zingizga mos, qomat va salomatlikka foydalisini.

Bolalikka qayting. Masalan, katta bo‘lgan bog‘changiz, mahallangiz yoki o‘qigan maktabingizga borib, bir kun vaqtingizni sevimli maskaningizda o‘tkazing.

Yaxshi insonlar bilan do‘stlashing. Ochilmagan qirralaringizni kashf etish, yangi narsalarni o‘rganish uchun ham bu muhim!

Shifokor ko‘rigini unutmang. Salomatligingizda muammo kuzatilsa, kichik va arzimas deb sanamang-da, davo choralarini ko‘rishni kechiktirmang.

O‘z biznesingizni tashkil qiling va yangi g‘oyalar ustida ishlang. Masalan, mandarindan efir yog‘larini olish, xushbo‘y sovunlar tayyorlash, kashta tikib sotish, to‘qish, chiroyli dekorativ narsalar yasash va hokozalar. Qo‘shimcha ish qo‘shimcha daromad, qo‘shimcha daromad esa o‘zingizga xos orzu-istaklarni amalga oshirish imkonidir. Yangi g‘oyalar esa sizga olamshumul omad va mashhurlik olib kelishi, nomingizni tarixga muhrlashi hech gapmas!

Bir hafta davomida uyali aloqa vositalari va internetsiz yashang. Hamma aloqa vositalarini o‘chiring va faqat e’tiborni o‘zingiz hamda oila a’zolaringizga qarating.

Muhabbat izhor qiling! Juftingiz, bolalaringiz, yaqinlaringizga har kuni, biror kun kanda qilmasdan ularni qanchalik yaxshi ko‘rishingizni ayting.

Bular bir qarshda oddiy takliflar. Nashrimzda ham bot-bot takrorlangandir. Biroqyangi 2018 yilda ularni amalga oshirishni o‘zingizga maqsad qiling. O‘z dunyoqarashingizdan kelib chiqib bu ro‘yxatni boyiting. Bir so‘z bilan aytganda, hayotni sevib, har bir yangi kundan bahra olib yashang!

MUXLISA tayyorladi.



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 2662 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangi yil, 2018
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное