Ummon guruhining sobiq a’zosi Zohid yakkaxon xonanda sifatida o‘z faoliyatini olib borayotgani ko‘pchilikka ma’lum. Xonanda bir nechta yangi qo‘shiqlar yaratishga ham ulgurdi. Yaqin kunlarda radioto‘lqinlar, internet tarmoqlari orqali birin-ketin premeralar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Qolaversa u yangi qo‘shiqlardan biri uchun videoklip ham tasvirga oldirdi. Tarona nomi hozircha sir tutilmoqda. Klip rejissyori Sanjar Matkarimov. Operator Jahongir Ibragimov. Video asar trek va syujetdan iborat. Unda bosh rollarni yosh ijodkorlar Shahboz Mahmudov va Aziza ijro qilgan. Qahramonlar obrazi ustida Lidiya Andre ishladi. Demak, tez kunda Zohid ijrosidagi yangi tarona hamda videoklipni kutib qoling.