Yolg‘izlik odamlarga semizlikdan ham ko‘proq ziyon yetkazar ekan
Brigam Yang universiteti olimlarining fikricha, hayotda yolg‘izlik va ijtimoiy izolyatsiya odamga semizlikdan ham ko‘proq zarar yetkazarkan. Bu narsa yildan-yilga kuchayib, milliy muammoga aylanib qoldi. Vaholanki, odam har kuni kim bilandir albatta suhbat qurishi, muloqot qilishi lozim. Shu muloqot insonga ham salomatlik, ham omad, kelajakka bo‘lgan ishonchni hadya etadi.
Statistik ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, birgina Amerikaning o‘zida jami 42,6 million nafar odam yolg‘izlikdan azob chekarkan. Dahshatlisi, yolg‘izlik bizga bevaqt o‘limni ko‘ndalang qiladi. Bu muammo bilan esa nafaqat o‘zimiz, balki ijtimoiy himoya, mahalliy korchalonlar ham jiddiy shug‘ullanishi kerak.