Chevrolet Captiva avtomobili ham ishlab chiqarishdan olinadi
GM Uzbekistan Asaka avtomobil zavodi 2018 yil oxirigacha Chevrolet Captiva avtomobilini ishlab chiqarishni to‘xtatadi.
“Hozirda Captiva o‘rnini bosadigan model tayyorlanmoqda. Mashina o‘z hayot siklining oxiriga yaqinlashmoqda. Yil oxirigacha uni chiqarish to‘xtatiladi”, - deb ma’lum qildi “O‘zavtosanoat” vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, korxonaning modellarni yangilash strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda Captiva 2007 yil oktyabr oyidan beri ishlab chiqarilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan Matiz avtombillarini ishlab chiqarishni to‘xtatishi haqida xabar bergan edik.