Xonanda Rayhon ijodni ham, onalik vazifasini ham birdek olib bormoqda
Xonanda Rayhon ijodni ham, onalik vazifasini ham birdek olib bormoqda. Bu haqda My Day xabar bermoqda.
“Rayhon shirintoy farzandlari Imron va Islom qanday katta bo‘layotganligini va ular nimalar bilan band ekanliklarini o‘zining Instagram-sahifasida muntazam ravishda joylashtirib boradi”, — deb yozadi nashr.
Internet-nashr tomonidan e’lon qilingan videoda xonanda o‘z farzandlari bilan hayvonot bog‘i hamda Yura davri xiyobonida sayr qilayotgani tasvirlangan fotosuratlar ketma-ketligini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Rayhon 2012-yil noyabrida aktyor Yigitali Mamajonovga turmushga chiqqan edi, 2014-yilning may oyida esa Rayhon egizak farzandli bo‘ldi. 2015-yil yanvarida Rayhon Yigitali bilan ajrashayotganini tasdiqladi.