AQSh elchixonasi xonanda Rayhonga viza berishdan bosh tortdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva AQShda o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertda mamlakatga kirish vizasini ololmagani uchun ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi.
Rayhon, Ziyoda va Shohruhxon ishtirokidagi konsert 12-may kuni o‘tkazilishi kerak edi.
“Afsuski, AQShning Nyu-York shtatida 12-may kuni bo‘lib o‘tadigan konsertda menga viza berishmagani uchun ishtirok eta olmayman. 2009-yilda Amerikada bo‘lganimda bizdan vatandoshlarimiz uchun kuylab berishimizni so‘rab berishgandi. Biz esa mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkonini beruvchi viza bilangina qo‘shiq kuylash mumkinligini bilmagandik. O‘shanda biz pul olmasdan kuylaganmiz. Biz o‘zimiznikilarni xursand qilmoqchi edik, afsuski buni huquqbuzarlik deb topishdi va viza berishni rad etishdi.
Shohruhxon va Ziyodaga omad va muvaffaqiyatlar tilayman”, — deb yozadi Rayhon.