Osaka universiteti tadqiqotchilari guruhi dunyodagi eng kuchli lazer yaratdi. U chiqaradigan nur 2 petavatt kuchga ega. 92 m uzunlikka ega ushbu xavfli kashfiyot LFEX (Laser for Fast Ignition Experiments) nomini oldi.
Lazer, o‘zining kuchiga qaramay, katta energiya talab qilmaydi. U qo‘llaydigan joullar miqdori mikroto‘lqinli pechning ko‘rsatkichlari bilan bir xil. Ammo katta shiddatga uni shakllantirishning kichik muddati hisobiga erishiladi. Yangi lazer 2 pikosekund uzunlikdagi nurni shakllantiradi, shu bois chiqishda ulkan kuchdagi nur olinadi. Bu effektga lazer oqimini kuchaytirish vazifasini bajaruvchi shisha lampalar silsilasi yordamida erishiladi.
Kelajakda tadqiqotchilar guruhi 2 petavatt quvvatga ega lazer yaratishni rejalashtirmoqda.