Yaponiyada 6 yoshli qizaloqning murdasi dahshatli ahvolda topildi
2014 yilning 11 sentabr kuni Xitoyning Kobe shahrining g‘arbida istiqomat qiluvchi Mirey Ikete bedarak yo‘qolgandi. 24 sentabr kuni esa qizaloqning murdasi bo‘laklarga bo‘lingan va polietilen paketlariga solingan holda uyining yonginasidan topilgan. obbo-vsem.ru nashri bu haqda ma’lumot beradi.
O‘tkazilgan DNK tahlillari murda Mirey Iketega tegishli ekanini ko‘rsatgan. Bundan tashqari murdaning oldida uning kiyimi va oyoq kiyim ham bo‘lgan.
Ushbu qotillikda polisiya Iketelarning oilasi yaqinidagi 47 yoshli qo‘shnisidan gumon qilishmoqda. Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda.