Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Yaponiyada buklama telefonlar urf bo‘lmoqda

Keyingi paytda buklama telefonlar (raskladushka) keng ommalashib bormoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Yaponiyada keyingi yetti yil davomida birinchi marta flipfonlar savdosi oshgan. “MM Research Institute” tadqiqot kompaniyasining ma’lumotlariga qaraganda, 2014 yilda bunday telefonlarni sotib olish 5,7 foizga ko‘paygan.
Yaponlar orasida eng keng tarqalgan model gara-key deb nomlanuvchi telefon bo‘lib, uning yordamida faqat qo‘ng‘iroq qilish, xabar yozish, elektron pochta va ayrim internet xizmatlaridan foydalanish mumkin xolos.
Tahlilchilarning fikricha, flipfonlar ommalashishining asosiy omili ularning narxidir. Buklama telefonlar boshqa telefonlarga nisbatan bir necha ming ienaga arzonroqdir.
“Forbes”ning yozishicha, Yaponiyada tug‘ilish ko‘rsatkichi past va keksa yoshlilar soni ko‘p. Yoshi katta insonlar faqatgina qo‘ng‘iroq qilishni va SMS yozishni afzal ko‘rishadi, ular  ortiqcha xarajat qilishni xush ko‘rishmaydi.
Buklama telefonlar oddiy va qulaydir. Ular qo‘ldan tushib ketsa ham ekraniga zarar yetmaydi. Bu telefonlarning batareyasi quvvati ham uzoqqa yetadi.


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 5664 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yaponiya, buklama telefon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Guli пишет: | 31.03.2015 | 10:51 #2 Страница с комментарием
guli101192 Ha qoyil
Like | 0
muxammad1997 Qoyil
:d:
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное