Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yangiyo‘lda 18 yoshli qiz o‘zini osib o‘ldirdi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida o‘z joniga qasd qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Keltirilishicha, 2019 yil 10 mart kuni Yangiyo‘l tumani Madaniyat mahallasida yashagan,  2002 yilda yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan qiz o‘z uyining issiqxonasi to‘siniga o‘zini-o‘zi osib, joniga qasd qilib vafot etgan. Ayni paytda Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiyo‘l tuman sud tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, uning o‘limiga bo‘yin a’zolarini sirtmoq bilan siqilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.
Voyaga yetmagan qiz o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan Yangiyo‘l tuman xalq ta’limi bo‘limi, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tuman idoralararo komissiya, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi taqdim etilgan xabarda.


Manba:aniq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5443 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘zini, Yangiyo‘l, osib o‘ldirdi, 18 yoshli qiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Аброр Абдуназаров пишет: | 14.03.2020 | 18:43 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует 1 yil oldingi yangili bu yo 2020 yildagimi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное