Toshkent viloyati Qibray tumanida kasb-hunar kolleji bitiruvchisi D. Q. o‘zini osishi natijasida vafot etdi. Ayni mazmunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi. Voqea shu yilning 25 iyun kuni sodir bo‘lib, marhum qo‘shnisining xonadonida o‘z joniga qasd qilgani aytib o‘tilgan. Fojiaga nima sabab bo‘lgani hozircha aniqmas, o‘lim holatiga oydinlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Qibray tuman prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.