Ijtimoiy tarmoqlar orqali kecha, 9 sentyabr kuni “Navoiyda maktab direktori Xalq ta’limi bo‘limining bosimi ostida o‘zini osib qo‘ydimi” nomli xabar tarqatildi. Viloyat prokuraturasi mazkur holatga munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, Konimex tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori M.E joriy yilning 07 sentyabr kuni soat 15:00 larda yashash hovlisidagi olma daraxtiga arqon yordamida o‘zini osib o‘z joniga suiqasd qilgan. Shu vaqtda akasi R.F. uni ko‘rib qolgan va M.E. tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga olib kelingan. Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli.
Konimex tuman prokuraturasi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.