Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Qiziqarli

Yangi yilgacha tashlab yuborish kerak bo‘lgan 8 ta narsa


 

Vaqt o‘tishi bilan sevimli buyumlaringiz eskirib qolganini sezmay ham qolasiz. Uyda hayotimizning bir qismiga aylanib qolgan va keraksiz bo‘lsa ham tashlashga ko‘zimiz qiymaydigan narsalar juda ko‘p. Agar siz hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, buyumlaringizni tez-tez yig‘ishtirib turing. Bu maqola sizga keraksiz narsalardan qutulishga yordam beradi.
1.Eski pardoz-andoz buyumlari
Pardoz-andoz buyumlarini saqlash muddati o‘tishi bilanoq tashlab yuboring, “har ehtimolga qarshi” saqlab o‘tirmang.
2.Badan uchun mochalkalar, shuningdek tish cho‘tkalari
Ular bakteriyalar ko‘payishiga sharoit yaratuvchi narsalar hisoblanadi. Shuning uchun mochalkalarni har oyda, tish cho‘tkalarini esa har uch oyda yangilab turing.
3.Eski dorilar
Muddati o‘tgan dorilardan foydalanish organizm uchun juda katta xavf tug‘diradi.
4.Eski jurnallar
Yaxshisi, eski jurnallarni to‘planib qolgan eski qog‘ozlarga qo‘shib makulaturaga topshiring.
5.Eski idishlar
Mikroto‘lqinli pechlarda ishlatiladigan plastik idishlar tarkibida vaqt o‘tishi bilan organizm uchun zararli bo‘lgan polikarbonatlar paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yangisini sotib olishni unutmang.
6.Eski oyoq kiyimlar
Tuzatib bo‘lmaydigan, yaroqsiz holga kelib qolgan eski oyoq kiyimlarini saqlab o‘tirmasdan tashlab yuboring.
7.Kiyilmaydigan kiyimlar
Agar siz kundalik kiyimingizni yil davomida bir marta ham kiymagan bo‘lsangiz, yaxshisi uni tashlaganingiz ma’qul. Aks holda, yana muammoga duch kelasiz: kiyimingiz ko‘p, lekin kiyishga hech narsa yo‘q.
8.Ovqat qoldiqlari
Sovitgichdagi yeyilmay qolgan ovqatlardan juda ehtiyot bo‘ling. Ularning ko‘pchiligini ochiq holda saqlash sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin.


Manba:Tarona.net
Категория: Qiziqarli
Просмотров: 6773 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yangi 2017-Yil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Amal qilishga harakat qilamiz! B)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное