Yangi yil kirib kelishiga sanoqli kunlar qoldi. Hayotimizni o`zgartirish, barini yangidan boshlash uchun qulay imkoniyat! Siz ko`proq nimani istaysiz: yangi ishga kirishnimi, ortiqcha vazndan xalos bo`lishnimi, mashhur bo`lishnimi yoki «Oq otdagi shahzoda»ga turmushga chiqishnimi? Xo`sh, javob berishga qiynalayapsizmi? Yaxshisi, quyidagi testga diqqatingizni qarating. Shunda barchasi ayon bo`ladi!
Yo`riqnoma
Test savollarini diqqat bilan o`qib, o`zingizga ma`qul kelgan javob variantini tanlang. So`ngra jadval asosida ballingizni hisoblang.
1. Har birimiz bolaligimizdan yangi yilga o`tar kechani mo``jizakor deb hisoblaymiz. Tasavvur qiling, 2017 yilning 1 yanvar tongida uyqudan ko`zingizni ochishingiz bilan hayotingiz siz istagandek o`zgarib ketdi. Holatingizni tasvirlab bering...
A) «Chiroyli va shinam uydaman, maoshim ikki barobarga oshgan, dunyodagi eng ko`rkam va aqlli erim bor!»
B) «Sevimli ishim bor, har tong u erga oshiqaman! Yuqori lavozimga ko`tarishganini aytdimmi?»
V) «O`zimning jonajon uyimdaman, sevimli erim, shirindan-shakar farzandlarim yonimda. Hech narsani o`zgartirishni istamayman, chunki men baxtliman!»
2. Bolaligingizda qanday kitoblarni sevib o`qigansiz?
A) «Sehrgarlar haqidagi ertaklarni».
B) «Sarguzashtlarga boy kitoblarni».
V) «Sevimli kitobim bo`lmagan».
3. Uyqudan uyg`onishingiz osonmi? Tongni qanday qarshilaysiz?
A) «Uyqu buncha shirin bo`lmasa?! Tongda o`rnimdan turishim juda qiyin, doim tushkun kayfiyatda ko`zimni ochaman. Agar qahva ichmasam, kunning yarmiga qadar asabiylashib yuraman».
B) «Har bir boshlangan kunning ijobiy tomonlarini qidiraman. Masalan, «Bugun shirin taom tayyorlab uyimdagilarni xushnud etaman», «Kecha boshlig`im bergan vazifani yakunlayman» kabi».
V) «Doim soat jiringlashidan ikki daqiqa avval ko`zimni ochaman. Nonushta tayyorlab oila a`zolarimni xursand qilaman. O`zimga oro berishga, uy ishlarini qilishga ham ulguraman».
4. Murakkab vaziyatlarning ham ijobiy tomonini ko`ra olasizmi?
A) «Qiynalganimda quvonish qo`limdan kelmaydi, negaki, yomonlik bir kelsa, qo`shaloqlashib keladi».
B) «Imkon qadar barchasini yaxshilikka yo`yishga harakat qilaman».
V) «Muammolarga o`ralashib qolish yaramaydi! Yig`i-sig`idan foyda yo`q, o`zimning va yaqinlarimning asabini asrashim kerak!»
5. Tasavvur qiling, dunyo bo`ylab sayohat qilmoqdasiz. Qadimiy tarixga ega bo`lmasa-da, juda chiroyli shahardasiz. Uni sayr qila turib, «Shu erda yashashani istayman!» deb xayol qilasiz. Keyinchi...
A) «Bu shaharning aholisga judayam havasim keladi».
B) «Shaharda yashash imkoniyatim bor yoki yo`qligi haqida jiddiy bosh qotiraman. Bu erdagi uylarning narxi bilan qiziqaman».
V) «Bunday holat ilgari ham ro`y bergan, hozirda o`zim sevgan shaharda istiqomat qilaman».
6. Agar sizga hisobida ko`p miqdorda puli bor plastik karta berilsa va unga o`zingiz istagan kiyimni xarid qilishni aytishsa, nima qilasiz?
A) «Bu ishni so`zsiz bajaraman, ammo bir kun kelib ularni olib-qo`yishsa-chi?! Shuning uchun eski kiyimlarimni saqlab qo`yaman».
B) «Do`konlarni aylanishdan avval shkafimni ochib, undagi liboslarimni yaqinlarimga sovg`a qilaman. Yangi kiyimlarga joy bo`shataman».
V) «Kartochkadagi pulni naqdlashtirib, ro`zg`or uchun kerakli buyumlar xarid qilaman. Qolganiga yaqinlarimga sovg`a-salom olaman».
7. Dugona va do`stlaringiz bilan qanday munosabatdasiz?
A) «Bir nechta dugonalarim bor, biroq so`nggi kunlarda yangi tanishlar orttirishni istayapman. Bir tarafdan har kim ham do`st bo`la olmasli biroz cho`chitayapti».
B) «Ochig`i, tanishlarim bir talay. Hamma bilan tezda til topisha olaman. Faqatgina «feysbuk»ning o`zida mingta «do`stim» bor. Va bu men uchun chegara emas!»
V) «Do`stlikka jiddiy qarayman! Uch-to`rtta yaqinlarim bor. Ular meni har qanday vaziyatda qo`llashlariga ishonaman».
8. Kommunal to`lovlarni qay tarzda amalga oshirasiz? Faqat to`g`risini ayting!
A) «Har bir to`lovni komunnal idoraning kassasiga borib to`layman. Shunda xato bo`lmaydi, ma`lumotnoma ham olish mumkin. Biroq bunga vaqt ajratgunimcha ochig`i, kamida ikki marta ogohlantirish olgan bo`laman».
B) « Har oy kommunal xizmatlarning mutasaddi xodimlarini xonadonimizga taklif qilib, to`lovlarni amalag oshiramiz».
V) «Barchasini mehribon erimning zimmasiga yuklaganman. Ishonchli, muhimi muammolardan holi. Yilning boshidayoq barchasini to`lab qo`yadi!»
9. Xorijiy tillarni o`rganishga qiziqishingiz bormi yoki maktabda olgan bilimlaringizni etarli deb hisoblaysizmi?
A) «Bir safar ingliz tilini o`rganishga kirishgandim. Ammo qunt qilolmaganim bois chala qolib ketdi».
B) «Men ingliz va rus tillarida bemalol so`zlasha olaman! Tez kunlarda yapon yoki xitoy tili kabi biror murakkab tilni o`rganish istagim bor!»
V) «Bitta chet tilini zo`r bilaman! Shuning o`zi men uchun etarli...»
10. Nihoyasiga etayotgan yildan ko`nglingiz to`ldimi? Rejalashtirgan ishlaringiz to`liq amalga oshdimi?
A) «Qat`iy rejalarim yo`q edi, ammo yil yomon bo`lmadi».
B) «Judyam mamnunman, o`ylaganimdan ham ko`proq ishlarni amalga oshira oldim. Kelayotgan yildan ham umidlarim katta!»
V) «Shukr, nolisam bo`lmas! Chunki atrofimda qiynalganlar kam bo`lmadi. Menda esa hammasi yaxshi».
Savol №
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
A
3
3
1
1
1
1
1
1
1
1
B
1
2
2
2
3
3
3
2
3
3
V
2
1
3
3
2
2
2
3
2
2
Natija:
30 — 22 ball
Mudom katta marra va yuqori cho`qqilarni ko`zlab yashayapsiz. O`zingizga va o`zgalarga ulkan talablar qo`ygansiz. Kelgusi yilga ham munosabatingiz ana shunday. Katta rejalar tuzishni allaqachon boshlab yuborgansiz, hayotingizda olamshumul o`zgarish avvalo o`z harakatingizga bog`liq. Ammo hayot bir tekis emas, biror bir ishingiz tasavvur qilganingizdek bo`lmasa, tushkunlikka tushib qolmang.
21 — 15 ball
O`z hayotingizdan mamnunsiz. Boriga shukr qilib yashaysiz. Tugayotgan yilda yaxshigina yutuqlarga erishgan bo`lsangiz, ajablanmaymiz! Kelayotgan yil uchun qilgan niyatlaringiz ham talaygina. Barchasiga o`z kuchingiz va mehnatingiz bilan erishishni istaysiz. Buning uchun tinim bilmay, bir nafas ham to`xtamay harakat qilishga tayyorsiz! Biroq ba`zan omadga ham ishonish zarar qilmaydi! Nima ham derdik, OLG`A!
10 — 14 ball
Agar mana shunday sustkashlik qilaversangiz, og`zingizdagi oshni ham oldirib qo`yishingiz mumkin. O`ylab ko`ring, 2016 yil davomida g`alaba qozonishingizga bir bahya qolganda, nima uchundir ishlaringiz orqaga ketgan vaqtlar ham bo`ldimi? Bularga sizning pessimistik ruhda ekanligingiz sabab emasmikan? Hayot faqatgina oq va qora ranglardan iborat emas. Agar g`ayrat va shijoat bilan harakat qilsangiz, bunga 2017 yilda guvoh bo`lishingiz mumkin! Baxtingiz o`z qo`lingizda!