Yangi yilni bayramona kayfiyatda kutib olish g'oyalar bilan tanishib chiqishda google sayti bizga yordam berdi.
Qorboboni taklif qilish shart emas, ozgina harakat qilsak, uyda hamma Qorbobo bo'lib qoladi.
Uyda archa yasatishga joy kamlik qilayotgan yoki bezatilgan katta stol bunga yo'l qo'ymayotgan bo'lsa, archani devorga mana bunday holatda yasatib qo'yish mumkin.
Bayram kunlari ko'payib ketgan probkalardan mana shunday shinam archa yasab, bir-biringizga sovg'a qilishingiz mumkin.
Kirib kelayotgan yilda oldingizda turgan eng muhim vazifalar va maqsadlarni yozib qo'ying. Ularga intilish kerakligi haqida unutib yubormaysiz.
Maqsad va vazifadan tashqari o'zingizga tilaklar yozib qo'yishni ham unutmang.
Siz dasturxonni bezash bilan ovora bo'lganingizda farzandlaringiz zerikmasligi uchun mana bunday qalpoqlarni yasab o'tirishlari mumkin. Kerakli anjomlarni tayyorlab qo'ying.
Uyga kelgan har bir mehmon uchun mana bunday baxt kaliti to'plamini tayyorlab qo'ying. Ketayotganida o'zi istaganini olib ketsin.
Oila a'zolari uchun ko'plab tilak va niyatlar yig'ilgan quticha tayyorlang. Barchani xursand qila olasiz.
Soat 24:00 yaqinlashayotganini belgilovchi sharlarni birin ketin yorib Yangi yilga kirib keling.
Yangi yil kechasida har bir soat uchun bir o'yin bitilgan konvert tayyorlang. Konvertda belgilangan vaqt kelganda u ochiladi va ichidagi o'yin o'ynaladi.
Muhimi, kunni xursandchilikda o'tkazing!